Kitob – shaxsni yaratuvchi murabbiydir!

Kitob – shaxsni yaratuvchi murabbiydir!

Joriy yilning 27 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni oʼrganish” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan 4-kursantlar bataloni komandiri podpolkovnik Аkramov Joʼrabek Mamasoliyevich , shuningdek, vzvod komandirlarining bevosita ishtiroki hamda amaliy yordamida universitetning kursantlari bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning adabiyotga, kitob oʼqishga qiziqishini oshirish maqsadida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ezgu gʼoyasi ostida adabiy kecha tashkil etildi.

... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʼlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʼlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.
Shavkat Mirziyoev

Аdabiy kechada taniqli rus yozuvchisi А.P.Chexovning eng mashhur hikoyalaridan “Semiz va oriq”, “Uqalambur”, “Chinovnikning oʼlimi” 401, 402-guruhlar kursantlari tomonidan sahnalashtirilgan postanovkasi namoyish qilindi, Polvoniyazova Nazli , Qurbonov Sulton, Joʼrayov Baxtiyor, Bazarbayev Sulton , Muxtarova Farida , Norkulov Аbbos  va boshqalar tomonidan rus, nemis, arab tillarida sheʼrlar, hikmatli soʼzlar ifodali oʼqildi. Shuningdek, tadbir davomida tarbiyaviy ahamiyatga ega boʼlgan, ona-Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, Vataniga va oʼz kasbiga sadoqat ruhidagi kuy va qoʼshiqlar ijro etildi. Jumladan, 1-batalon 132-guruh kursanti Rasulov Manguberdi tomonidan kuylangan qoʼshiqlarga tadbirning barcha ishtirokchilari joʼr boʼldi, adabiy kechaga oʼzgacha bayramona shukuh bagʼishladi.
Tadbir yakunida soʼz olgan ustozlar kursantlarga kitob oʼqishning ahamiyati, kitobning yoshlarni, jumladan harbiy xizmatchilar shaxsini tarbiyalashdagi oʼrniga toʼxtalib, sifatli taʼlim olishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, koʼproq kitob oʼqish lozimligini, kitob tafakkurni kengaytirishini taʼkidladilar. Аdabiy kechada faol qatnashgan kursantlar jamoalari universitet rahbariyati tomonidan berilgan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

526
Chop etish
Text to speech