Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida yosh askarlarni Vatanga va Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatiga kirish qasamyodlarini qabul qildirishga bagʼishlangan tantanali marosimi boʼlib oʼtdi.Tadbirda soʼzga chiqqan Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovich qasamyod har bir Vatan himoyachisi uchun muqaddas ekanligini, unga sodiqlik – berilgan vaʼdaga vafo, or-nomusni himoya qilish kabi haqiqiy vatanparvarlarga xos boʼlgan xususiyatlardan biri sanalishini eʼtirof etdi. Shundan soʼng, yosh askarlar Vatanga va Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatiga kirish qasamyodlarini qabul qildilar. Shuningdek, tantanali tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devon ofitserlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʼmitasi aʼzolari, Oʼzbekiston xalq artistlari, Universitet Faxriylar kengashi raisi va aʼzolari Minbarda soʼzga chiqqanlar yosh askarlarni qasamyod qabul qilganliklari bilan samimiy qutladi. Soʼngra, harbiy orkestr sadolari ostida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan soʼng, tadbir qatnashchilariga Universitet kursantlaridan iborat boʼlgan qurol guruhi tomonidan safona hamda “Qoʼl jangi” kabi koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Yosh askarlarning qasamyodiga bagʼishlangan tantanali marosimdan soʼng, askarlar uchun kontsert-dasturlari namoyish etildi. Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari Milliy gvardiyaga qarashli barcha harbiy qismlarda yuqori saviyada oʼtkazilmoqda.