Joriy yilning 28-avgust kuni О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devonining ofitserlari va ishchi xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsida Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi Haydarov Alisher Usmon о‘g‘li “O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi milliy davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildi. A.Haydarov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritish jarayonidagi murakkab davrning mazmun-mohiyati, o‘tgan o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida milliy davlatchilik yo‘lida erishilgan yutuqlar hamda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyaning tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berib o'tdi.