Jamoat xavfsizligi universitetida“Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi bo…

Jamoat xavfsizligi universitetida“Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi boʼlib oʼtdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʼlom, hech kimdan kam boʼlmasdan, boshini baland koʼtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Xususan, joriy yilning 12 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʼrtasida tashkil etilgan “Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir. Qizgʼin oʼtgan tanlovda 18 nafar ishtirokchilar “Blits”, “Test savollari” hamda “Suratdagi tarix” shartlari boʼyicha oʼzaro bellashdilar.

 Tanlov natijalariga koʼra quyidagi oʼrinlar qayd etildi:

3-oʼrinni 98162-sonli harbiy qism ishtirokchisi Raxmonov Nomozbek Roʼziboy oʼgʼli qoʼlga kiritib, 3-darajali diplom bilan;

2-oʼrinni Temurbeklar maktabi oʼquvchisi Eshpulatov Shohruh Davron oʼgʼli qoʼlga kiritib, 2-darajali diplom bilan;

1-oʼrinni Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Davronov Аlijon Аmonovich qoʼlga kiritib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

G'oliblar hamda tadbirda faol ishtirok etgan qatnashchilar qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tadbir davomida kursantlar tarkibidan iborat “Yosh teatrchilar”, “Yosh shoirlar” va “Аlvon beretlar” badiiy jamoalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga koʼtarinki zavq bagʼishladi.

740
Chop etish
Text to speech