Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʼlom, hech kimdan kam boʼlmasdan, boshini baland koʼtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Xususan, joriy yilning 6-sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun” degan bosh gʼoya ostida Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʼrtasida tashkil etilgan “Tarix bilimdoni” tanlovi ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir. Qizgʼin oʼtgan tanlovda ishtirokchilar “Blits”, “Test savollari” hamda “Suratdagi tarix” shartlari boʼyicha oʼzaro bellashdilar va gʼoliblar diplom hamda esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida kursantlar tarkibidan iborat “Аlvon beretlar” badiiy jamoasi tomonidan taqdim etilgan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga alohida zavq bagʼishladi.