Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʼlom, hech kimdan kam boʼlmasdan, boshini baland koʼtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Xususan, joriy yilning 8 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun” degan bosh gʼoya ostida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʼrtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi yosh adib” hamda “Eng yaxshi yosh shoir” tanlovlari ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir. Qizgʼin oʼtgan tanlovda ishtirokchilar taqdim etilgan ijod mazmundorligi va taʼsirchanligi, insoniy fazilatlar, elsevarlik, mardlik, jasorat, halollik kabi ezgu fazilatlarning ulugʼlanganligi, originallikning mavjudligi, ijodkorning ifoda mahorati, badiiy tasvir vositalari, taʼsirchan ifodalardan foydalanilganligi, asar texnikasiga rioya qilinganligi boʼyicha baholanib, gʼoliblar diplom hamda esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi.