Jamoat xavfsizligi universitetida “Eng yaxshi harbiy qoʼshiq ijrochisi” tanlovi oʼtkazildi…

Jamoat xavfsizligi universitetida “Eng yaxshi harbiy qoʼshiq ijrochisi” tanlovi oʼtkazildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʼlom, hech kimdan kam boʼlmasdan, boshini baland koʼtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Xususan, joriy yilning 7 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz ikki yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʼzbekiston uchun” degan bosh gʼoya ostida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar oʼrtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi harbiy qoʼshiq ijrochisi” tanlovi ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir. Qizgʼin oʼtgan tanlovda ishtirokchilar qoʼshiq mazmundorligi va taʼsirchanligi, tarixiylik va milliylikni harbiy jangovar ruh bilan izchilligi, milliy armiyamizga nisbatan gʼurur va iftixor tuygʼusini uygʼotishi, sheʼr matni, mazmuni kuy bilan hamohangligi va ijro mahorati boʼyicha baholanib, gʼoliblar diplom hamda esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida kursantlar tomonidan taqdim etilgan sheʼriy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga alohida zavq bagʼishladi.

617
Chop etish
Text to speech