Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan “Til-millat ko‘zg…

Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusidagi о‘tkazil…

Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi renessans davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tili hamda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bugungi kunda  oltita til (ingliz, nemis, xitoy, arab, turk var us tillarini o‘qitilayotganligi tahsinga loyiq. Universitetda xorijiy tillarni o‘qitish uchun Tillarni o‘rganish kafedrasida yuqorida keltirilgan xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maxsus sinflar tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari chet ellik mutaxassislar va mahalliy malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.

2024-yil 18-oktabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan Til-millat ko‘zgusimavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazildi.  Anjumanni Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yu.f.d., professor, polkovnik M.X.Rustambayev kirish sо‘zi bilan ochib, Til – inson madaniyatining ifodasi ekanligini, har bir millatning о‘zligi uning tili va adabiyotida namoyon bо‘lishini aytib o‘tdi. Til umr bо‘yi о‘rganilayotgan fan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan san’at durdonasidir. Til aloqa vositasi ekan, sо‘z insonning kamolini, ilm va fazilatini о‘lchab kо‘rsatadigan tarozidir. Jahonda 6000 dan ortiq til bо‘lib, har bir millat va elat uchun eng suyuklisi о‘z ona tilidir. Biz uchun ham о‘z tilimiz g‘ururimiz va sha’nimizdir deb, alohida ta’kidladi. Tadbirga JXU 303-guruh talabasi Sevinch Hotamboyeva moderatorlik qildi.
Konferensiyaga Respublikamizning taniqli tilshunos olimlari taklif etildi. Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti doktoranti (DSc), Jadidshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari doktori, Tarjimashunoslik, Tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi dotsenti Rustam Sharipov о‘zining “Navoiy dahosi va o‘zbek adabiy tili ravnaqi” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, kursant va tinglovchilarga o‘zbek adabiy tilining asoschisi A.Navoiyning ijodi ahamiyati haqida batafsil gapirib о‘tdi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga о‘zining javob va mulohazalarini berib о‘tdi. Yana bir shoira, tilshunos va adabiyotshunos, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti doktoranti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Asqarova Shaxnoza “Alpomish” asliyat matnida zoonim leksemalarning aks etishi va ularning ingliz tiliga tarjimasi masalalari” nomli qiziqarli ma’ruzasi bilan konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Konferensiyada O‘R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi,  filologiya fanlari nomzodi, professor Choriyev Tavakkal Ravshanovich “Til millat va ma’naviyat ko‘zgusi” nomli ma’ruzasi bilan barchaga qimmatli ma’lumotlar berib о‘tdi.

Konferensiya davomida shuningdek “Tillarni о‘rganish”  kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik A.S. Xursandov kursantlar о‘zlarining bо‘sh vaqtlarida o‘zbek tilining ahamiyati va o‘zbek tilida ish yuritishda qabul qilingan qoida va tartiblarga rioya qilish lozimligi haqida gapirib о‘tdi. Keyingi ma'ruzachi Tillarni о‘rganish kafedrasi dotsenti Nargiza Shirinova о‘zining chiqishi bilan o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganib borishlik har bir kursant va tinglovchini burchi ekanligini ta’kidlab о‘tdi. Kafedra katta o‘qituvchisi E.Erkayev ham sо‘zga chiqib, yosh avlodni ajdodlarga mos avlod bо‘lish kerakligini uqtirib o‘tdi. Ma’ruzachilarning chiqishlaridan sо‘ng universitet kursantlari tomonidan tashkil etilgan badiiy qismda she’rxonlik va sahna kо‘rinishlari joy oldi. Kursantlar о‘zlarining san’atkorlik mahoratlarini yig‘ilganlarga namoyish etishdi. Konferensiya universitetimiz kursantlari hamda yig‘ilgan barcha ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

 

508
Chop etish
Text to speech