Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga yoʼllagan MUROJААTNOMАSIda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʼqituvchilari tomonidan “INSONGА E'TIBOR VА SIFАTLI TА'LIM” nomli uslubiy qoʼllanma nashrga tayyorlandi va Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism va muassasalarda foydalanish uchun tarqatildi. Mazkur uslubiy qoʼllanmada ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʼtish, Yangi Oʼzbekistonni ijtimoiy davlat tamoyili asosida qurish, taʼlim sifatini oshirish - Yangi Oʼzbekiston taraqqiyotining muhim omili, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilash, global ekologiya va suv masalalari bilan bogʼliq muammolar, erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sogʼlom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʼpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash hamda tashqi siyosat, milliy xavfsizlikni taʼminlash, Qurolli Kuchlar tizimi jangovar salohiyatini oshirish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash toʼgʼrisida maʼlumotlar berilgan.
Shu oʼrinda taʼkidalab oʼtish lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼquv adabiyotlarini yaratish reytingida 2020-2021 oʼquv yillarida respublika oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi oʼrinni egallashga muvaffaq boʼldi.
Xususan, universitetda 2021 yil aprel oyidan 2022 yil dekabr oyiga qadar oʼquv jarayonini oʼqitishning zamonaviy oʼquv dasturlariga asosan oʼquv va oʼquv-uslubiy adabiyotlar 245 tani, 3 ta sharh, 90 dan ortiq ilmiy adabiyotlar nashr etildi. Shularda 140 dan ortiq oʼquv va oʼquv-uslubiy adabiyotlarga Oliy va oʼrta-maxsus taʼlim vazirligining tegishli guvohnomalari olingan.
Shuningdek, Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi talablarini bajarish maqsadida Respublika oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi oʼquv qoʼllanma” tanlovida universitet boshligʼi polkovnik, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Rustambayev tomonidan tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-huquqi kursi” nomli darsligi faxrli 1-oʼrinni egalladi.
Shuningdek,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel kunidagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5077 qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida: oʼquv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qoʼshma ilmiy tadqiqotlarni oʼtkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kabi vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda.