Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi rahbarligida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi Fargʻona viloyatida ish faoliyatini olib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi rahbarligida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlaridan iborat ishchi guruhi Fargʻona viloyatida ish faoliyatini olib bormoqda.Ishchi guruh tomonidan viloyatning qizil toifaga kiritilgan mahallariga chiqqan holda ushbu mahallalarda mahalla ettiligi tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilmoqda.Oʻrganish davomida, Ishchi guruhi a'zolari Qoʻqon shahrining Nurafshon mahallasi boʻlib, mahalla ettiligiga 1-sonli Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirildi. Bugungi kunda mahallada 1314 ta xonadon boʻlib ularda 1625 ta oilalar istiqomat qilmoqda, mahallada olib borilgan oʻrganishlar shuni koʻrsatdiki, mahallada sodir etilgan jinoyatlarni asosiy qismini tan jarohati etkazish va oʻgʻirlik jinoyatlari tashkil etgan. Ishchi guruh mahalla ettiligi bilan hamkorlikda oʻgʻirlik jinoyatlarini sodir etilishi sabablar oʻrganilganda, xonadonlar va savdo doʻkonidan oʻgʻirlik jinoyatlarini sodir etilishiga, uy egalarining beparvoligi, koʻchalarga kuzatuv kamerasi oʻrnatilmagani, jamoatchilik nazorat maskanlari mavjud emasligi, xonadon va savdo doʻkonlari qoʻriqlovga topshirilmagani sabab boʻlgani aniqlandi. Ishchi guruh tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi aholi vakillariga Milliy gvardiya Qoʻriqlash xizmatining faoliyati va xizmat turlari boʻyicha ma'lumot berib oʻtildi. Bunda, qoʻriqlovga olingan xonadon va savdo shahobchalari kunu-tun qoʻriqlanishini imkoni mavjudligi, barcha uskunalar qoʻriqlash xizmati hisobidan oʻrnatilishi, kelib tushgan signal boʻyicha uzogʻi 3-5 minutda voqea joyiga tezkor guruh etib kelishi, huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin boʻlgan jamoat joylariga (koʻp qavatli uylar yoʻlagi, avtoshohbekatlar, odam gavjum koʻchalar, savdo shahobchalari) “tashvish tugmasi” oʻrnatilishi har qanday xavf-xatarlarni barvaqt oldini olishga erishish mumkinligi tushuntirildi.Ishchi guruh tomonidan Qoʻqon shahrining qizil toifadagi “Mingtut” mahalla fuqarolar yigʻinida ham oʻrganishlar oʻtkazildi. Mingtut mahallasi Qoʻqon shahrining eng chekka hududida hisoblanib, hozirda 892 ta xonadonda 3761 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Mahalla ettiligi toʻliq jamlangan boʻlib, hamjihatlikda ishlar olib borilayotganligini koʻrish mumkin. Joriy yil 3-yanvar kuni qabul qilingan 1-sonli Prezident qarori ijrosi boʻyicha mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta'minlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar yoʻl-xaritasi ishlab chiqilib, olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yil mahalla hududida jinoyat qayd etilmagan. Ishchi guruh tomonidan mahalla ettiligi faoliyatini oʻrganib, kelgusida ularning har biriga oʻz yoʻnalishlarida ijtimoiy profilaktika ishlariga e'tibor qaratishlari lozim boʻlgan vazifalar boʻyicha taklif va tavsiyalar berib oʻtildi. Mahallada profilaktika inspektori katta leytenant Abdunazir Jalilov faoliyat olib bormoqda. Uning xizmat xonasiga mahalla hududiga oʻrnatilgan 200 dan oshiq kuzatuv kameralarining 40 tasi integrasiya qilinganligi, mahalla hududini xizmat xonasini oʻzida kuzatib turishni imkonini tugʻdirmoqda. Profilaktika inspektori mahalla hududidagi xizmat uyida oilasi bilan istiqomat qilib, kunu-tun mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt oldini-olishga erishmoqda.Uning soʻzlariga koʻra, xizmat uyida barcha sharoitlar mavjudligi, yashash manzili xizmat joyidan 40 km uzoqlikda ekani, xizmat uyida yashab, xizmat olib borayotgani, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda oʻzining ijobiy samarasini berayotganligi, aholi tungi vaqtda ham xizmat uyiga murojaat qilib kelishini ta'kidlab oʻtdi. Ishchi guruh mahalla hududida sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyatlarini asl sabablari va shart-sharoitlarni joyiga chiqgan holda oʻrganish maqsadida, shaharning Beshariq tumani bilan chegaradosh “Oqsaroy” va “Shamsiya” koʻchalaridagi qurilishi ishlari ketayotgan koʻchalarda boʻldi. Ushbu koʻchalar mahalla markazidan chetda boʻlib, tungi yoritkichlar va kuzatuv kameralari mavjud emasligi, aholi qurilishi yakunlanmagan xonadonlarida buyumlarini qarovsiz qoldirishi jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratilganligi koʻrish mumkin. Ishchi guruh tomonidan mahallada doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandiligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.Mingtut mahallasi Boboyurt koʻchasi 26-uyda yashovchi fuqaro Sirojiddinov Toxirjon “Har bir oila tadbirkor” dasturiga asosan 33 mln.soʻm kredit evaziga oʻz yashash xonadonida kichik tikuv tsexi tashkil etib, tadbirkorlik faoliyatini boshlab, yosh bolalar kiyimlari tikishni yoʻlga qoʻyganligi aniqlandi. Tadbirkor Toxirjon Sirojiddinov bugungi kunda nafaqat oʻzi va oilasi balki mahalladagi 20 nafar shu mahallada yashovchi ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan ayollarni ham doimiy ish bilan band etgan. Kichik tsexda ishlab chiqilgan bolalar kiyimlari nafaqat yurtimiz bozorlariga, balkim qoʻshni Tojikiston Respublikasiga ham eksport qilinayotgani kishini quvontiradi. Tadbirkor T.Sirojiddinov kelgusida oʻz biznesini yanada kengaytirib, ishchi oʻrinlar sonini 35-40 nafarga chiqarish rejasi borligi esa mahalla ettiligi tomonidan tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanayotganidan hamda hukumat qarorlari amaliyotgan tadbiq etilayotganidan dalolat beradi. Ishchi guruhi tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha mahallalardagi kriminogen vaziyatga tas'ir qilayotgan asosiy omillarni hisobga olgan holda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli metodikalar ishlab chiqiladi va amaliyotgan joriy etiladi. Ishchi guruh oʻz oʻrganishlarni joriy yil davomida ham mahallabay yurib, oʻrganishlarini davom ettiradi.