Inson huquqlarining mazmun mohiyati

Inson huquqlarining mazmun mohiyati

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 7 fevral kunidagi PQ-46-son «Oʼzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi Qarorining mazmun mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida joriy yilning 23 fevral kuni Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari M.M.Nurmatov, D.R.Maxmudov, А.А.Nuridullayevlar va Olmazor tumani IIO FMB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda Olmazor tumani hududida joylashgan “Xastimom”, “Qoʼsh Tut”, “Xazrati Imom”, “Chigʼatoy Darvoza”, “Xofiz Koʼxakiy”, “Guzarboshi”, “Zarxal” va “Аbu bakr Shoshiy” MFYlari raislari, profilaktika inspektorlari va xotin qizlar faollari ishtirokida uchrashuv oʼtkazildi. Tadbirda Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi boshligʼi mayor M.M.Nurmatov «Inson huquqlarining mazmun mohiyati» mavzusida shuningdek, profilaktika katta inspektori mayor Z.N.Joʼrayev «Jamoat tartibini saqlashda inson huquqlarini taʼminlash» mavzusida maʼruza qilishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

295
Chop etish
Text to speech