Joriy yilning 12 dekabr kuni Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan Universitet kursantlari va talabalari о‘rtasida 6 noyabrdan 1 dekabrga qadar о‘tkazilgan “Inson huquqlari bо‘yicha eng yaxshi esse” tanlovi natijalari e’lon qilindi.
Tashkiliy qо‘mita qaroriga kо‘ra quyidagilar tanlov g‘olibi deb topildi.
1-о‘rin. Bakalavriat fakulteti 404-о‘quv guruhi kursanti Dadajonov Jasur Farruxovich
2-о‘rin. Bakalavriat fakulteti 404-о‘quv guruhi kursanti Yakupbayev G‘afur Kenjebayevich
3-о‘rin. Maxsus fakultet 301-guruh tinglovchisi Ilhomjonov Sarvarbek Rashid o‘g‘li
Shuningdek, tashkiliy qо‘mita tomonidan tanlovga topshirilgan esselar orasidan Bakalavriat fakulteti 404-о‘quv guruhi kursanti Baxodirov Azizbek Xusanovich tomonidan yozilgan esse “Eng kreativ g‘oya muallifi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
G‘oliblar Universitet boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbirda Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professori Y.f.d., professor G.Yuldasheva Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tarixi va bugungi kundagi amaliy ahamiyati haqida ma’ruza qildi.