Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi dotsenti, psixolog M.Saipova va kafedra professori N.Xalilovalar tomonidan 22-Mehribonlik uyida “Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kommunikativ jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbir doirasida kafedra dotsenti M.Saipova interfaol usulda, bolalar bilan oʼzaro konstruktiv dialog asosida muomala madaniyati, jamoat transportida, jamoat joylarida oʼzini tutish odob-qoidalari yuzasidan misollar asosida maʼlumotlar berdi. Tadbir davomida har bir tarbiyalanuvchi oʼz fikrini bildirar ekan, turli jumlalar, soʼzlar bilan aytilgan fikrda bitta mazmun aks etdi: “Men yurtimga munosib farzand boʼlaman!”.
Tadbir doirasida bolalarning chiqishlaridan nafaqat hukumat tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrlik, balki muassasa xodimlarining ham harakatlari oʼz samarasini berishiga ishonch hosil qildik.