Joriy yilning 16 dekabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti Tillarni oʼrganish kafedrasi oʼqituvchisi f.f.n PhD M.Chutpulatov tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 21 va 86-umumtaʼlim maktablari bitiruvchi sinf oʼquvchilari bilan hamkorlikda "Men harbiy boʼlaman" mavzusida kasb tanlash yuzasidan targʼibot tadbiri oʼtkazildi. Tadbir davomida oʼquvchilarga universitetimiz faoliyati, taʼlim yoʼnalishlari va oʼqishga qabul qilish tartibi boʼyicha videorolik namoyish etildi, bukletlar tarqatildi. Maktab oʼquvchilariga harbiy kasbni tanlash borasida ularni qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha maʼlumotlar berildi.