Vatan posboni boʼlaman!

Vatan posboni boʼlaman!

Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni oʼrganish” kafedrasi dotsenti E.Erkaev tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 159 maktab va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga qarashli Toshkent 2-son akademik litseyda yuqori sinf oʼquvchilari bilan “Vatan posboni boʼlaman” mavzusida kasb tanlash yuzasidan targʼibot tadbiri oʼtkazildi.Tadbir davomida oʼquvchilarga universitetimiz faoliyati, ta'lim yoʼnalishlari va oʼqishga qabul qilish tartibi boʼyicha viderolik namoyish etildi, bukletlar tarqatildi. Maktab va litsey oʼquvchilariga harbiy kasbni tanlash borasida ularni qiziqtirgan savollari yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi va kerakli tavsiyalar berildi.

568
Chop etish
Text to speech