Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHTning 2022 yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida boʼladigan sammitiga bagʼishlangan “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʼzaro bogʼliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasining mazmun-mohiyati va ShHT Samarqand sammitida kutilayotgan siyosiy yangiliklar va uning ahamiyati borasida universitet harbiy xizmatchi va kursantlari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Davra suhbatida sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlar doktori, professor Toshev Boboqul Norqobilovich tomonidan mavzu doirasida maʼruza tinglandi. Maʼruzachi oʼz maʼruzasida prezidentimiz maqolasining mazmun-mohiyati, Samarqand shahrida boʼlib oʼtishi belgilangan sammitning mamlakatimiz taraqqiyoti va barqarorligi uchun ahamiyati, sammit doirasida imzolanishi kutilyotgan 30 dan ortiq hujjatlardan koʼzlangan maqsadlar, tashkilotga aʼzo davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi oʼrni yoritib berildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan bir qator qiziqarli savollar berildi va batafsil javoblar olindi.