Uzoq tanaffusdan soʻng O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida universitet Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bakalavriat fakulteti, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi hamda Axborot xizmati bilan hamkorlikda "Yangi Oʻzbekistonda ustozlar e'tirofda" nomli ilk konsert dasturi tashkil etildi.
Konsertda milliy hamda zamonaviy qoʻshiq va raqslar ijro etilib, san'atning turli yoʻnalishlari boʻyicha kursantlar hamda ofitserlar oʻz iqtidorlarini namoyish etishdi. Konsert Jamoat xavfsizligi universitetida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning kayfiyatlariga koʻtarinki ruh bag’ishladi.