Joriy yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Ichki ishlar organlari faoliyatini psixologik ta’minlash muammolari” mavzusida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik G‘.Z.Ikmatullayev “Harbiy xizmat faoliyatida adaptatsiya muammolari” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Shuningdek, ushbu anjumanda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Bojxona instituti professor-o‘qituvchilari ham mavzuga oid ma’ruzalar qilishdi.