Joriy yilning 15 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan “Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash masalalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkazildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi sifatida globalizatsiya sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash mexanizmi va tamoyillari, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Mazkur konferensiyada Oʼzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning (harbiy) Oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, olimlar va amaliyotchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʼqituvchilari va iqtisodiy xavfsizlik taʼlim yoʼnalishida taʼlim olayotgan talaba va kursantlari shtirok etdilar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning onlayn oʼtkazilgan plenar majlisida xorijiy mamlakatlardan Turkiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozogʼiston Respublikasi, Qirgʼiziston Respulikasi va Tojikiston Respublikasining oliy (harbiy) taʼlim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Turkiya Respublikasi Jandarmeriyasi va sohil xavfsizligi akademiyasi, Rossiya Federetsiyasi Milliy gvardiyasi qoʼshinlari Perm harbiy universiteti, Rossiya Federetsiyasi Milliy gvardiyasi qoʼshinlari Sank-Peterburg harbiy instituti,Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiyasi qoʼshinlari Novosibirsk harbiy instituti, G.V.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Rossiiya Xalqlar doʼstligi universiteti, Rossiya Federatsiyasi А.N.Kosigina nomidagi Rossiya Davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquq instituti, Rossiya Federatsiyasi V.M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasi Kant nomidagi Baltika Federal universiteti, Tojikiston Respublikasi Huquq, biznes va siyosat universiteti, Tojikiston Respublikasi akademik Bobojon Gʼofurov nomidagi Xudjand davlat universiteti, va M.Riskulbekova nomidagi Qirgʼiz Davlat iqtisodiyot universitetidan ilmiy maqola va tezislar kelib tushdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda globallashuv sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashning nazariy va metodologik muammolarini, davlat iqtisodiy xavfsizligining zamonaviy muammolari va tendensiyalarini, global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalarini, yashirin iqtisodiyot va jinoiy faoliyatlardan olingan daromadlarni legallashtirish – mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar muhokama qilindi.
Koneferensiya yakuni boʼyicha kelib tushgan maqolalar boʼyicha toʼplam chop etildi. Аnjuman mavzulari boʼyicha munozaralarda tadbir ishtirokchilari, professor-oʼqituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar va kursantlar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi. Konferensiya mavzusi yuzasidan olimlar bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yoʼnaltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiya oʼzaro bahs-muzokaralarga boy tarzda oʼtdi. Konferensiya yakunida ishitrokchilari rahbariyat nomidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.