Fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga tegishli ishlar toifalari, sud protsessida ishlarni ko…

Fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga tegishli ishlar toifalari, sud protsessida ishlarni koʼrib chiqish tartibi va s…

Joriy yilning 1 dekabr kuni Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.b.f.d (PhD), dotsent, podpolkovnik Oʼ.M.Davletov Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bagʼishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, “Fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga tegishli ishlar toifalari, sud protsessida ishlarni koʼrib chiqish tartibi va sud qarorlarini chiqarishda eʼtibor qilinadigan jihatlar” mavzusidagi maʼruza bilan chiqish qildi.
Ushbu tadbirda ZOOM platformasi orqali butun respublikadagi Harbiy prokuratura xodimlari qatnashib, unda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxmun-mohiyati, qolaversa, sud-huquq sohasidagi islohotlar haqida keng va batasil gapirib oʼtildi. Soha xodimlarining qiziqtirgan savollariga Oʼ.M.Davletov tomonidan toʼliq va aniq javob berildi.

405
Chop etish
Text to speech