Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni oʼrinbosari polkovnik S.D.Mamayusupovning tegishli koʼrsatmasiga asosan joriy yilning 9 fevral kuni Universitet Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish boʼlimi tashabbusi bilan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Toshkent harbiy prokurori oʼrinbosari adliya mayori F.M.Saysultanov, Toshkent harbiy sudi raisi J.K.Raximov, Oʼzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi professori I.I.Bekmirzayevlar ishtirokida “Firibgarlik asr vabosi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Tadbir davomida firibgarlik jinoyatlari va ularning salbiy oqibatlari shaxsiy tarkibga batafsil tushunitirb berildi.