Fargʼonada 4-bosqich mashgʼulotlari yakunlandi

Fargʼonada 4-bosqich mashgʼulotlari yakunlandi

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rejasiga muvofiq Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining birinchi oʼrinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turgʼunov rahbarligidagi Universitet professor-oʼqituvchilari tarkibidan iborat Respublika trenerlari guruhi 2023 yilning 24 mart kunidan buyon Fargʼona viloyatida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari rais, rais oʼrinbosari va kotiblarining oʼquvlarini tashkil etib kelmoqda. 2023 yilning 31 mart, 1 aprel kunlari mazkur tarkibdagi 563 nafar tinglovchining oʼquvi oʼtkazildi. Ushbu mashgʼulotlarda referendum qonunchiligi boʼyicha nazariy bilimlar bilan birga, raislar, rais oʼrinbosarlari va kotiblarning referendum jarayonini tashkil etish hamda oʼtkazish boʼyicha amaliy tajriba va koʼnikmalarini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Odatdagidek, mashgʼulotlar yakunida tinglovchilar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining elektron platformasi orqali test sinovlarini topshirishdi. Yakuniy natijalarga koʼra Fargʼona viloyati tinglovchilari 96 foizdan yuqori “Аʼlo” natijalarni qayd etishdi. Rejaga asosan bugun – 3 aprelь kuni mashgʼulotlarning 5-bosqichi boshlandi.

323
Chop etish
Text to speech