Fargʼona viloyatida referendum qonunchiligi yuzasidan seminar-treninglar davom etmoqda

Fargʼona viloyatida referendum qonunchiligi yuzasidan seminar-treninglar davom etmoqda

Joriy yilning 24–25-mart kunlari Fargʼona viloyatining jami 19 ta tuman-shaharlarida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tarkibidan iborat 990 nafar tinglovchi bilan hududiy trenerlar tomonidan olib borilgan oʼquv mashgʼulotlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining birinchi oʼrinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turgʼunov guruh rahbarligidagi Universitet professor-oʼqituvchilari tarkibidan iborat respublika trenerlari tomonidan ushbu mashgʼulotlarga uslubiy yordam koʼrsatilib, ularning monitoringi amalga oshirib borilmoqda. Oʼquv mashgʼulotlari yakunida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari rais, rais oʼrinbosari va kotibligiga nomzodlarning olgan bilim va tushunchalariga baho berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining elektron platformasi orqali test sinovlari topshirildi. Test sinovlari natijalariga koʼra tinglovchilar oʼrtacha 95 foizlik natijani qoʼlga kiritdilar. Ushbu oʼquv mashgʼulotlari tasdiqlangan rejaga muvofiq joriy yilning 7 aprel kuniga qadar Fargʼona viloyatining tuman-shaharlari markazlarida barcha shart-sharoitlarga ega auditoriyalarida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

178
Chop etish
Text to speech