Qish mavsumida yuz berishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz hodisalarning oldini olish, harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolari hayoti va sogʻligʻini saqlash, tan jarohati va boshqa turli xil holatlarni oldini olish va profilaktika qilish maqsadida universitet Uy-joydan foydalanish xizmati tashabbusi bilan Zangiota tumani Favqulotda vaziyatlar boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tuman gaz ta’minoti mutxassislarini jalb qilgan holda Universitet doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi bilan “Yongʻin vaqtida shaxsiy tarkibni evakuatsiya qilish tartibi hamda is gazidan zaharlanishning odini olish chora tadbirlari” mavzusida koʻrgazmali taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Taktik saf mashgʻulotida doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibning oila a’zolari hayotini va sogʻligʻini saqlash, tan jarohati va boshqa turli xil koʻngilsiz holatlarni oldini olish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.