Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hozirgi kunga kelib, koʼplab xorijiy davlatlar bilan taʼlim sohasida samarali hamkorliklarni olib bormoqda. Jumladan, Universitetning “Umumiy taktika va operativ sanʼat” kafedrasi katta oʼqituvchisi – muhandislik xizmati boshligʼi podpolkovnik Sh.Xalilov joriy yilning 28-noyabrdan 10-dekabr kuniga qadar Turkiya Respublikasi Izmir shahridagi Jandarmeriya Oʼquv markazida maxsus oʼquv kurslarida oʼz malakasini yanada mustahkamladi. Malaka oshirish davomida oʼz bilim va koʼnikmalarini orttirish bilan bir qatorda oʼzaro tajribalar almashildi. Ushbu xorijiy xizmat safari mobaynida tor yoʼnalishdagi mutaxassislar oʼquv jarayonida zamonaviy muhandislik vositalarini qoʼllash boʼyicha tajriba olindi va kelgusida oʼquv faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha taklif va mulohazalar ishlab chiqildi.