DIQQAT E’LON!!!

DIQQAT E’LON!!!

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 avgustdagi 500-son qaroriga muvofiq 2023/2024-о‘quv yili uchun Universitet magistraturasining quyidagi harbiy mutaxassisliklariga tinglovchilarni qabul qilish jarayonlari boshlanligini e’lon qiladi:

  1. Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati (beriladigan malaka “Sohalar bо‘yicha menejer”).
  2. Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati (beriladigan malaka “Psixolog”).
  3. Qо‘riqlash faoliyatini ta’minlashning qо‘mondonlik-muhandislik faoliyati (beriladigan malaka “Elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi”).
  4. Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash (beriladigan malaka “Yurist”).
  5. Iqtisodiy xavfsizlik (beriladigan malaka “Iqtisodchi”).

Eslatma: Magistratura harbiy mutaxassisliklariga о‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlardan hujjatlar yig‘ma jildi Universitet qabul komissiya tomonidan joriy yilning 10 aprelidan 1 iyunga qadar qabul qilinadi.

Magistraturaga qabul jarayonlari yuzasidan qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://lex.uz/docs/-5556888

 

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti qabul komissiyasi

781
Chop etish
Text to speech