Davlat va jamiyat boshqaruvida etakchi ayollar o'rni

Davlat va jamiyat boshqaruvida etakchi ayollar o'rni

O'zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyaning Navoiy viloyati bo'yicha boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1 aprel kuni tashkil etilgan "2020-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi"ga bag'ishlangan "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida xotin-qizlarning o'rni" mavzusidagi seminarda O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti "harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi boshlig'i, podpolkovnik Sh.Akramova "Davlat va jamiyat boshqaruvida etakchi ayollar o'rni" nomli ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Unda joriy yilning 1 martda bo'lib o'tgan Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko'tarish va ayollarning jamiyatdagi o'rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo'ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig'ilishi tafsilotlari, Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiy ayollarga berilayotgan imkoniyatlar, IIB saflarida xotin-qizlarning ilg'or tajribasi, yoshlar bilan ishlash tizimida soha mutaxassislarining o'rni va roli, Davlat bojxona xizmati organlarida xotin-qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash yo'nalishida olib borilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar, oila va jamiyatda xotin-qizlarning o'rni va mavqei kabi masalalarda fikr-mulohazalar yuritildi. Tadbir so'ngida Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan harbiy ayollar istiqbolli hamkorlik chora-tadbirlarini belgilab oldilar.

711
Chop etish
Text to speech