“Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati faoliyati” fani doirasida mahorat darsi tashkil …

“Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati faoliyati” fani doirasida mahorat darsi tashkil etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti oʼrtasida 2022 yil 13 oktyabr kuni imzolangan “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼrtasida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlarida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida”gi Memorandumga asosan Joriy yilning 23 fevral kuni Jamoat xavfsizligi universiteti Bakalavriat fakulteti 2-bosqich “Yoʼl patrul xizmatining qoʼmondonlik-taktik faoliyati” yoʼnalishi 132-oʼquv guruhi kursantlari bilan “Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati faoliyati” fani doirasida Toshkent shahar IIBB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi Аxborot xizmati bosh mutaxassisi mayor Sh.Safarov ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu darsdan koʼzlangan asosiy maqsad kursantlarning olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan chambarchas bogʼlash bilan bir qatorda, ularga oʼz tanlagan kasblaridan faxrlanish hissini kuchaytirish ham hisoblanadi. Mashgʼulot davomida kursantlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

285
Chop etish
Text to speech