Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va xodimlardan tashkil topgan ishchi guruh aʼzolari Toshkent viloyati Chinoz shahridagi Respublika qiz bolalar oʼquv-tarbiya muassasasiga tashrif buyurdilar. U yerda mavjud moddiy – texnik baza, saqlanayotgan tarbiyalanuvchilarning muassasaga nima sababdan kelganligi, qanday oilda tarbiya topganligi, bugungi kunda uning oʼzining hatti harakatlaridan pushaymonlik hissi mavjudmi yoki yoʼqligini, ularning xozirgi kundagi psixologik xolatlari, ichki kechinmalari oʼrganildi. Tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, ularning xulq-atvorini oʼzgartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmat bilan tanishildi va oʼrganish natijalariga koʼra ilmiy asoslangan takliflar va uslubiy qoʼllanma ishlab chiqildi.Oʼrganish jaroyonida tarbiyalanuvchilar bilan psixologik treninglar, anonim soʼrovlar, davra suhbatlari va boshqa koʼngilochar tadbirlar oʼtqazildi va ayrim tarbiyalanuvchilarga oʼquv qurollari, gigiena vositalari sovgʼa qilindi hamda shirinliklar ulashildi. Muassasa rahbariyati bilan tarbiyalanuvchilarning taʼlimi va tarbiyasi yuzasidan kelajakda qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi.