AXBOROT XATI

AXBOROT XATI

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5117-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori hamda Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference)ga muvofiq 2024-yil 25-dekabr kuni soat 14.30 da Xorijiy tillarni oqitishning zamonaviy tendensiyalari mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarning о‘qitilishi sifatini oshirish. Yurtboshimiz tomonidan OTM bitiruvchilariga nisbatan o‘z ona tilini mukammal bilish talabidan tashqari, “kamida 2 ta xorijiy tilni mukammal bilish” talabi qo‘yilganligi ham bejiz emas, chunki zamonaviy dunyo va geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy taraqqiyot va integratsiya bugungi kun shaxsi oldida chet tillarni chuqur bilish va shaxsiy hamda kasbiy maqsadlarda foydalana olish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. Shu ma`noda bugun filologik va nofilologik ta`lim muassasalarida chet tillarini zamon talablari darajasida o`qitish zarurati namoyon bo`lmoqda. Yana alohida qayd etish lozimki, Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar” ga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to‘rt yillik tahsillari nihoyasida o‘rgangan chet tili bo‘yicha  B2 darajani egallashlari  lozim. Albatta, bu darajani egallash uchun o`zaro ikki tomonlama – ham pedagog, ham til o`rganuvchi hamkorligida amalga oshiriladigan innovatsion metodikani tanlash va amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Konferensiyaning ishchi tillari – о‘zbek, rus, ingliz tillari.

Konferensiya ishtirokchilarining ilmiy maqola va tezislari 2024-yil 23-dekabr soat 20:00 ga qadar tо‘plam uchun mas’ullarning telegramm manziliga elektron shaklda BEPUL qabul qilinadi. Belgilangan talablarga javob beradigan maqola va tezislar konferensiya tо‘plamiga kiritiladi hamda ishtirokilarga elektron shaklda taqdim etiladi.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida soha mutaxassislari, olimlar, amaliyotchilar, oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar, kursantlar ma’ruza bilan qatnashishlari, maqola va tezislarini topshirishlari mumkin.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga taqdim etiladigan maqola va tezislarga qо‘yiladigan talablar:

  • Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plamiga maqola va tezislar о‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
  • Maqola va tezislar konferensiya yо‘nalishiga oid dolzarb mavzuda, ilmiy va tugallangan fikrlarga asoslangan, taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi;
  • О‘zbek tilida yozilgan maqolalar lotin alifbosida bо‘lishi;
  • Maqola va tezislar matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bо‘lishi;
  • Maqola va tezislar matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda bо‘lishi;
  • Manba va adabiyotlarga ishora (ssilkalar) asosiy matn ichida [1] kо‘rinishida bо‘lishi;
  • Taqdim etilayotgan maqolalar hajmi 3 betdan 7 betgacha bо‘lishi;
  • Bitta maqola yoki tezisning mualliflari soni 2 tadan oshmasligi;
  • Maqola va tezislarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi ismi va sharifi, muallifning ish joyi va lavozimi, uchinchi qatorda elektron pochtasi va telyefon raqami, kо‘rsatilishi lozim.

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladigan joy hamda tashkiliy qо‘mita manzili: 100109, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qо‘rg‘oni. О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, “Tillarni о‘rganish” kafedrasi.

Tо‘plam uchun mas’ullar: Murakayeva Shaxnoza Xayrullayevna (+998977782030), Islomxo’jayeva Sayyora Nozim qizi (+998951661774), Ikanova Lazokat Sultannazir qizi (+998909822292).

414
Chop etish
Text to speech