“Аniq integrallar” mavzusida koʼrgazmali mashgʼulot oʼtkazildi

“Аniq integrallar” mavzusida koʼrgazmali mashgʼulot oʼtkazildi

Tabiiy fanlar kafedrasi professori А.Varisov tomonidan 1-kurs kursantlari bilan “Oliy matematika” fanidan  “Аniq integrallar” mavzusida  koʼrgazmali mashgʼulot oʼtkazildi. Аniq integrallar oliy matematikaning muhim, ayni paytda fan va texnikaning turli sohalarida keng foydalanadigan boʼlimlaridan biridir. Ushbu maʼruza shaklidagi dars mashgʼulotida aniq integral tushunchasiga olib keladigan baʼzi masalalar, jumladan, egri chiziqli trapetsiyaning yuzini topishga oid matematik masala, moddiy nuqta toʼgʼri chiziq boʼyicha oraligʼida tezlik bilan harakat qilayotgan boʼlsa, uning bosib oʼtgan yoʼlini topishga oid fizik masala, shuningdek, mazkur soha vakillarining mehnat faoliyatlarida uchraydigan yuza, xajm, yoy uzunligini topish bilan bogʼliq masalalar keltiriladi. Keltirilgan masalalarni hal etishda ulardagi funktsiyalar ustida bir xil yondashuvlar amalga oshirilishi va bu oʼz navbatida aniq integral orqali oʼz yechimini topishi koʼrsatiladi. Mashgʼulotda aniq integral tushunchasi, aniq integralning xossalari, aniq integralni hisoblash mavzulari oʼrganiladi. Аniq integral taʼrifi, aniq integralning mavjudligi, aniq integral hisoblashga oid Nyuton-Leybnits formulasi yordamida, hamda tekislikda geometrik shakl yuzini topish orqali misollar keltiriladi. Shu bilan bir qatorda aniq integral yordamida oʼziga xos baʼzi bir limitlarni topish koʼrsatilgan.

254
Chop etish
Text to speech