Joriy yilning 28-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus vazifalarni bajarish taktik-qoʼmondonlik faoliyati yoʼnalishida tahsil olayotgan 3-bosqich kursantlari bilan Davlat xavfsizlik xizmatining “Ozodbosh” dala oʼquv maydonida Maxsus taktik tayyorgarlik fanidan “Аksilterror operatsiyalarni oʼtkazish tartibi” mavzusida mahorat darsi tashkillashtirildi. Mazkur mashgʼulotni podpolkovniklar M.X. Omonov va Oʼ.А. Vafoyevlar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Ozodbosh” oʼquv markazi maxsus tayyorgarik yoʼriqchi va mutaxassislari ishtirokida mahorat mashgʼuloti oʼtkazildi. Mashgʼulot davomida garovdagilarni ozod qilishda jangovar tartib elementlarining taktik harakatlari va vazifani bajarish ketma-ketligini chet el mamlakatlar armiyalari tajribalaridan kelib chiqqan holda oʼtkazildi. Mazkur mahorat darsi kursantlarga yanada koʼproq amaliy maʼlumotlar olishlariga koʼmak berdi.