Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o'qituvch…

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o'qituvchlaridan tashkil topgan is…

Toshkent shahrining jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganish, ilmiy diagnoz qoʻyish va bartaraf etish yuzasidan Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan ishchi guruh oʻz ish faoliyatini olib bormoqda. Chilonzor tumani Toshkent shahri tumanlari ichida eng koʻp aholiga ega boʻlgan hududlardan biri hisoblanib, 55 ta mahallada istiqomat qiluvchi aholi soni 280 ming nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil topgan ishchi guruh oʻz faoliyatini, dastlab Chilonzor tumanning “qizil” toifaga kiritilgan “Beshqoʻrgʻon”, “Navbahor”, “Beshyogʻoch”, “Yakkabogʻ” mahallalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha idoralararo faoliyatning qay darajada yoʻlga qoʻyilganligi, jamoat ob'ektlarida huquqbuzarlik hamda jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab, shart-sharoit hamda asosiy omillarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada hanuzgacha saqlanib qolgan tizimli muammolarni tadqiq qilishdan boshladi. Shuningdek, “qizil” toifaga kiritilmagan boshqa mahallarning ham faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy holati, jinoyatchilikni oldini olish tajribasi oʻrganildi. Jumladan, “Dilobod” MFYda kuzatuvxonasi tashkil etilgan boʻlib, mahalla hududidagi barcha kameralar mahallaga integrasiya qilingan, shuningdek, hududda aholini turli jinoyat, huquqbuzarliklardan ogohlantirish maqsadida koʻplab koʻrgazmali plakatlar joylashtirilgan. Buni namuna sifatida boshqa mahallarda joriy qilinsa, ma'lum miqdorda jinoyatchilikni kamayishiga olib keladi. Chunonchi, “Dilobod” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy yordamga muhtoj keksalar holidan habar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Guruh a'zolari tumanning “qizil” toifaga kiritilgan “Beshqoʻrgʻon”, “Navbahor”, “Beshyogʻoch”, “Yakkabogʻ” mahallalarida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etish usuli, joyi, vaqti, yosh doirasiga qarab turli yoʻnalisharga ajratgan holda tahlil etib oʻrganildi. Jumladan, har bir mahallalarning ettilik faoliyati, tumanning ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy ob'ektlarning joriy holati, tuman hududida joylashgan “Magic city”, “Adiblar hiyoboni”, Milliy bogʻ, Xalqlar doʻstligi san'at saroyi, tumandagi istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari, koʻngilochar joylar, aholi gavjum joylar, bozorlar, umumta'lim maktablari, hududidagi kriminogen vaziyat, kuzatuv kameralarining holati, jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan kuch-vositalar, 102 maskani faoliyati oʻrganildi. Ishchi guruh tomonidan koʻngilochar maskani hududi koʻzdan kechirilib, ushbu hududda sodir etilgan jinoyatlar, ularni joylari haqidagi ma'lumotlar oʻrganildi, ayrim kamchiliklar yuzasidan ichki koʻriqlov xizmati hodimlariga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan kuch vositalarning faoliyati qay darajada tashkil etilganligi, yoʻnalish harakati, joylashuvi oʻrganilib, tegishli koʻrsatmalar berildi. Umumta'lim maktablarining xavfsizligini ta'minlash ota-onalar, qolaversa jamiyat ham uchun eng muhim masala boʻlib, u erdagi xavfsiz muhitni yaratish va xavfsizligikni qoʻllab-quvvatlovchi tizimni yanada takomillashtirish oʻquvchilarning salomatligi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun oʻta muhimdir. Tumandagi umumta'lim maktablaridagi xavfsizlik holati Chilonzor tumanida joylashgan 103-sonli maktabida oʻrnatilgan favqulodda chaqiruv tugmasi sinov tariqasida bosib tekshirilganda Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati hodimlari 5 daqiqa ichida etib kelishiga guvoh boʻldik, Maktabda xizmat olib borayotgan inspektor psixolog hamda qoʻriqlash xizmati hodimlariga bir qancha tavsiyalar va koʻrsatmalar berildi. Chunonchi, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarini jalb qilgan holda tumanning yoʻl-transport hodisalari sodir etilayotgan issiq nuqtalari alohida tadqiq etildi. Jumladan, Toshkent avtovokzalida, atrofida, avtomobil yoʻlida jinoyatlar hamda yoʻl-transport hodislariga imkon beruvchi, ijtimoiy xavfni yuzaga keltiruchi, sabab va omillar boʻyicha hududlarda ishlar olib borildi. Mahallalarda probasiya hisobida turgan shaxslar va profilaktik hisobdagi hamda muqaddam sudlanganlar bilan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilmaslik va sud tomonidan tayinlangan taqiq va cheklovlarga amal qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish faoliyati oʻrganildi. Jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan hodimlarning tungi smena tarqatuvida ishtirok etilib, tungi klublar, spa-salon hamda oʻyin klublari, shuningdek, yoʻl-patrul xizmatlari xodimlarining faoliyati, sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, koʻchalarni yoritish vositalari va qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv kameralarining joriy holati, tungi vaqtlarda patrul-post xizmati hodimlarining faoliyati oʻrganildi.

27
Chop etish
Text to speech