Toshkent shahrining jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy yondashuv asosida…

Toshkent shahrining jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganish, ilmiy diagnoz…

Uchtepa tumani Toshkent shahri tumanlari ichida eng koʻp aholiga ega boʻlgan hududlardan biri hisoblanib, 60 ta mahallada istiqomat qiluvchi aholi soni 300 ming nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilari tarkibidan tashkil topgan ishchi guruh oʻz faoliyatini, dastlab tumanning qizil toifaga kiritilgan mahallalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha idoralararo faoliyatning qay darajada yoʻlga qoʻyilganligini bilish, jamoat obyektlarida jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoit va asosiy omillarni aniqlash, shuningdek mazkur sohada hanuzgacha saqlanib qolgan tizimli muammolarni tadqiq qilishdan boshladi. Guruh a'zolari tumanning qizil toifaga kiritilgan mahallalarida sodir etilgan huquqbuzarliklarni turli yoʻnalisharga koʻra ajratgan holda tahlil etib bordi. Jumladan, mahallalar yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda mahalla mutasaddilari bilan kengaytirilgan tartibda uchrashuvlar tashkil etilib, kelgusidagi ishlar boʻyicha umumiy harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Umumiy harakatlar rejasi boʻyicha tumanning qizil toifaga kiritilgan hududlaridagi ijtimoiy ahvol, iqtisodiy obyektlarning joriy holati, tuman hududida joylashgan bozorlar, umumta'lim maktablari, huquqbbuzarliklar sodir boʻlish koeffitsenti yuqori boʻlgan qarovsiz hududlar, spirtli ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi xizmat koʻrsatish shahobchalari, Ichki ishlar organlari roʻyxatida boʻlgan ma'muriy nazoratdagi shaxslar, muqaddam jinoyat sodir etgan hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil boʻlgan fuqarolarning psixo-kriminologik holati kafe-barlar va boshqa turdagi koʻngilochar maskanlar, shuningdek patrul-post va yoʻl-patrul xizmatlari xodimlarining faoliyati, sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, koʻchalarni yoritish vositalari va qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv kameralarining joriy holati oʻrganildi. Tumanning aholi gavjum joylarida, oila-turmush doirasida jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash borasidagi ishlar uyma-uy yurgan holda tashkil etildi. Jumladan, “Vatan” mahalla mutasaddilari bilan birgalikda ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan fuqaroga nogironlik aravachasi hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Mahallalarda yolgʻiz keksalarning holidan xabar olindi va esdalik sovgʻalari ulashildi. Shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarini jalb qilgan holda tumanning yoʻl-transport hodisalari sodir etilayotgan issiq nuqtalari alohida tadqiq etildi. Jumladan, Toshkent halqa avtomobil yoʻlida yoʻl-transport hodislariga imkon beruvchi, ijtimoiy xavfni yuzaga keltiruchi, sabab va omillar boʻyicha hududlarda ishlar olib borildi. Umumta'lim maktablarining xavfsizligini ta'minlash ota-onalar, qolaversa jamiyat ham uchun eng muhim masala boʻlib, u erdagi xavfsiz muhitni yaratish va xavfsizligikni qoʻllab-quvvatlovchi tizimni yanada takomillashtirish oʻquvchilarning salomatligi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun oʻta muhimdir. Shunga koʻra, ishchi guruh a'zolari tomonidan tumandagi 78-sonli umumta'lim maktabi tanlab olindi. Maktabda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida maktabda oʻrnatilgan favqulodda chaqiruv tugmasi sinov tariqasida bosib tekshirilganda, qoʻriqlash xizmati xodimlarining oʻz vaqtida, shay holda etib kelganligi, mamlakatimizda oʻquvchilar salomatiligini asrab-avaylash masalasiga alohida e'tibor qaratilayotanligini yana bir bor isbotladi.

530
Chop etish
Text to speech