Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat…

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yill…

Yurtimizda eng ulugʼ, eng aziz bayram – Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz bir yilligi bayrami “Yangi Oʼzbekistonda el aziz, inson aziz!” degan ezgu shior ostida koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar, bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari Vatanimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik mevasidir. Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari ham zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etib, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelishmoqda. Hozir lavhamiz shu haqida.

Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari oʼz xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralariga yetuk malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi vazifalarga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelmoqda. Bayram munosabati bilan Universitet shaxsiy tarkibi saf maydonida saf tortishdi hamda caf maydoniga tantanali marsh sadolari ostida Davlat va Milliy gvardiya jangovar bayroqlari tantanali ravishda olib kirildi. Shundan soʼng, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondonining bayram tabrigi oʼqib eshittirildi. Marosimda Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilariga Milliy gvardiya qoʼmondoni tomonidan namunali xizmatlari uchun uchunchi darajali koʼkrak nishoni va Universitet boshligʼi tomonidan esdalik qoʼl soatlari, faxriy yorliqlar topshirildi.

Tantanali marosimdan soʼng, Universitet harbiy xizmatchilari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda kitob yarmarkalari tashkillashtirildi.   

635
Chop etish
Text to speech