Joriy yilning 31 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga Hindiston Milliy gvardiyasi bosh direktori janob M.D.Ganapati rahbarligidagi delegatsiya hamda Hindiston Respublikasi muhtor elchisi janob Manish Prabxat tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif yuzasidan, delegatsiya aʼzolari va Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati muzokaralar davrasida kelgusidagi taʼlim sohasiga oid boʼlgan xalqaro hamkorlik munosabatlarini jadallashtirish hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash sohasida hamkorlik qilish masalalar boʼyicha oʼzaro kelishuvlarga erishdilar.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari universitet infratuzilmasi, boy kutubxonasi hamda oʼquv–amaliy mashgʼulotlar xonalari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif yakunida oʼzaro esdalik sovgʼalari almashilindi, fahriy mehmonlar kitobiga iliq tilaklar yozib qoldirildi.