2-bosqichda 1985 nafar tinglovchi o'qitildi

2-bosqichda 1985 nafar tinglovchi o'qitildi

Аvval xabar berilganidek, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining birinchi oʼrinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turgʼunov guruh rahbarligidagi Universitet professor-oʼqituvchilari tarkibidan iborat Respublika va hududiy trenerlar guruhi tomonidan joriy yilning 27–28-mart kunlari Fargʼona viloyatining jami 19 ta tuman-shaharlarida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tarkibidan iborat 1985 nafar tinglovchi bilan olib borilgan oʼquv mashgʼulotlarning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Oʼquv mashgʼulotlari yakunida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari rais, rais oʼrinbosari va kotibligiga nomzodlarning olgan bilim va tushunchalariga baho berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining elektron platformasi orqali test sinovlari topshirildi. Test sinovlari natijalariga koʼra tinglovchilar oʼrtacha 97 foizlik natijani qoʼlga kiritdilar. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq bugun – joriy yilning 29 mart kunidan Fargʼona viloyatining tuman-shaharlari markazlarida mashgʼulotlarning 3-bosqichi tuman-shahar hokimlari tomonidan ochib berildi.

200
Chop etish
Text to speech