Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʼriqlash" bosh boshqarmasining yangi binosida 1-oktyabr — “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti shaxsiy tarkibi onlayn tarzda ishtirok etdi. Dastlab, tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni Oʼqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan Milliy gvardiya tizimida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etdi. Shundan soʼng, bayram munosabati bilan sohada xizmat faoliyatini olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlarni ragʼbatlantirish marosimi boʼlib oʼtdi. Shuningdek, tadbirda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan xalq artislari va xonandalari hamda Universitet kursantlaridan tashkil topgan Аnsambl jamoasi oʼzlarining sevimli taronalari bilan ishtirok etib, barcha yigʼilganlarga koʼtarinki kayfiyat bahsh etdi.