Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-72 sonli farmoniijrosini ta’minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi o‘qituvchisi kapitan Sh.A.Shukurov, Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi katta leytenant A.Yu.Toshmuxammatov, Universitet magistratura tinglovchisi leytenant S.S.Aytbayevlar Toshkent Temurbeklar maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xavfsizlik masalalari” mavzusida davra suhbatida tashkillashtirildi. Tadbir davomida Yangilangan Konstitutsiyadagi xavfsizlik masalalariga tegishli moddalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda o‘quvchilar bilan qisqacha savol-javob tashkillashtirildi.