Joriy yilning 5 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi F-72-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida "jamoat xavfsizligini ta'minlash" kafedrasi o'qituvchisi katta leytenant Sh.O.Axmedov va "qo'riqlashni muhandislik-texnik ta'minoti" kafedrasi o'qituvchisi podpolkovnik I.Ochilov tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani 326-maktab o'quvchilari bilan "Konstitusiya – bosh qomusimiz" mavzusida viktorina o'tkazildi. Viktorina davomida yangilangan Konstitusiyaga oid qo'shimcha ma'lumotlar berildi hamda undagi asosiy normalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.