Joriy yilning 30 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo'llash kafedrasi tomonidan "Harbiy fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirish (Maxsus taktik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik va o'q otish tayyorgarlik fanlari misolida)" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.