Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlab Universitet harbiy xizmatchilari va talabalar о‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga milliy armiyamizdan faxrlanish tuygʻularini singdirish kabi ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassamlashtirgan ushbu tanlovda 700 ga yaqin kursantlar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tanlov ishtirokchilarining insholari adolat va shaffoflik tamoyillari asosida baholandi. “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi” mavzusida insholar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar Universitet qoʻmondonligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.