Bugun O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida universitet shaxsiy tarkibi ishtirokida Ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg'uloti o'tkazildi. Unda universitet Iqtisodiy fanlar kafedrasi professori Erkin Shodmonov "Yangi O'zbekistonda erkin bozor mexanizmlarini yaratilishi hamda tadbirkorlikning qo'llab-quvvatlanishi" mavzusida o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.