Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Oʻzkimyosanoat” Aksiyadorlik Jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston ixtirochi ayollar markazi, Integral Universiteti (Hindiston), Neofit Rilski Janubiy-G’arbiy Universiteti (Bolgariya) boshchiligida "WOMEN IN STEM" III xalqaro Forumi tashkil etildi. Bugungi kunda butun dunyoda ayollarning ilm-fan va texnologiya sohasidagi ishtirokini kengaytirish global muammo sifatida ko‘rilmoqda. BMT tomonidan 2015-yilda 11-fevral “Fanda ayollar va qizlar kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, bu sanani nishonlash doirasida “Women in STEM” forumi muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Women in STEM” xalqaro ilmiy forumining asosiy maqsadi - Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni jamiyatdagi muhim o‘rnini ko‘rsatish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Shuningdek, u ushbu sohalarda xilma-xillik va shafofflikning ta'minlash hamda STEM sohasida ayollar duch keladigan toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Forum doirasida muhokama panellari, seminarlar, mahorat darslari va mintaqadagi olima ayollar tomonidan taqdim etilgan ilmiy taqdimot sessiyalari tashkil etiladi. Forumning maqsadi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi olima va muhandis ayollarning keyingi avlodini ilhomlantirish va qoʻllab-quvvatlashdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Women in STEM” xalqaro ilmiy forumining asosiy maqsadi - Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni jamiyatdagi muhim o‘rnini ko‘rsatish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada takomillashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Shuningdek, u ushbu sohalarda xilma-xillik va shafofflikning ta'minlash hamda STEM sohasida ayollar duch keladigan toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Forum doirasida muhokama panellari, seminarlar, mahorat darslari va mintaqadagi olima ayollar tomonidan taqdim etilgan ilmiy taqdimot sessiyalari tashkil etiladi. Forumning maqsadi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi olima va muhandis ayollarning keyingi avlodini ilhomlantirish va qoʻllab-quvvatlashdir. Mazkur forum O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni jamlab, xotin-qizlarning STEM sohasiga jalb qilinishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Tadbir doirasida ilmiy taqdimotlar, xalqaro ekspertlarning mahorat darslari, amaliy seminarlar va motivatsion nutqlar tinglandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor, podpolkovnik Akramova Shaxnoza Abrorovna ham o‘zining “Qurolli kuchlar tizimini rivojlantirishda harbiy xizmatchi ayollarning qo‘shayotgan hissalari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Forum yakunida Faxriy mehmonlarga “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining statuetkasi, esdalik sovg'alari hamda sertifikatlari topshirildi.