Universitetda navbatdagi ochiq eshiklar kuni

Universitetda navbatdagi ochiq eshiklar kuni

Vatanparvarlik oyligi doirasida joriy yilning 4 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan Mehribonlik uyi va oilaviy bolalar uylarining jami boʼlib 100 ga yaqin tarbiyalanuvchilari uchun “Milliy armiyamiz - Yangi Oʼzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan tarbiyalanuvchi-yoshlar bilan “Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tarixi, bugungi kuni va oʼqishga kirish tartibi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.  Davra suhbatidan soʼng, tarbiyalanuvchilar eʼtiboriga kursantlar tarkibidan iborat qoʼl jangi va qurol bilan saf guruhlari tomonidan koʼrgazmali chiqishlar hamda harbiy orkestr jamoasining kuy-qoʼshiqlari namoyish etildi. Koʼrgazmali chiqishlardan soʼng, yoshlarni jamoalarga boʼlgan holda ular oʼrtasida sportning “Krossfit” turi boʼyicha musobaqa tashkillashtirildi.

617
Chop etish
Text to speech