Turkiya respublikasi jandarmeriyasi va Sohil xavfsizligi akademiyasi bilan imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida turkiyalik xodimlar uchun rus tili mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
2024-yilning 16-sentabr kunidan boshlab Turkiya IIV Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi xodimi Jihat Barishkan (Cihat Barişkan) Jamoat xavfsizligi universiteti Tillarni o‘rganish kafedrasining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda tahsil olmoqda. Turkiyalik ta’lim oluvchilar o‘quv kursidan tashqari madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi tarixiy diqqatga sazovor joylarga tashriflar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ta’lim olish uchun kelgan xorijiy ta’lim oluvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xususan til kurslari guruh va yakka tarzda amalga oshiriladi.