Universitet Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta‘minlash kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik S.X.Isakov, О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan “Harbiy xizmatchilarning kasbiy amaliy tayyorgarligi metodikasini takomillashtirish usullari: muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. U o‘zining chiqishida mavzuni yoritish bilan bir qatorda universitetda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.