Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi renessans davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tili hamda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bugungi kunda oltita til (ingliz, nemis, xitoy, arab, turk var us tillarini o‘qitilayotganligi tahsinga loyiq. Universitetda xorijiy tillarni o‘qitish uchun Tillarni o‘rganish kafedrasida yuqorida keltirilgan xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maxsus sinflar tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari chet ellik mutaxassislar va mahalliy malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Joriy yilning 18-oktabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni о‘rganish” kafedrasi tomonidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazildi. Anjumanda ma’ruzachilar tomonidan Til – inson madaniyatining ifodasi ekanligini, har bir millatning о‘zligi uning tili va adabiyotida namoyon bо‘lishi aytib o‘tildi. Til umr bо‘yi о‘rganilayotgan fan, sayqal bergan sari ochilib, yashnaydigan san’at durdonasidir. Til aloqa vositasi ekan, sо‘z insonning kamolini, ilm va fazilatini о‘lchab kо‘rsatadigan tarozidir. Jahonda 6000 dan ortiq til bо‘lib, har bir millat va elat uchun eng suyuklisi о‘z ona tilidir. Biz uchun ham о‘z tilimiz g‘ururimiz va sha’nimizdir deb, alohida ta’kidladi. Konferensiyaga Respublikamizning taniqli tilshunos olimlari taklif etildi. Jumladan, Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo’ldoshev о‘zining “O‘zbek adabiy tilining boyish manbalari ” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etib, kursant va tinglovchilarga o‘zbek adabiy tilining ahamiyati haqida batafsil gapirib о‘tdi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga о‘zining javob va mulohazalarini berib о‘tdi. Konferensiyada O‘R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Choriyev Tavakkal Ravshanovich “Davlat tili va uning huquqiy asoslarini milliy qonunchilikda mustahkamlanishi” nomli ma’ruzasi bilan barchaga qimmatli ma’lumotlar berib о‘tdi. Yana bir shoira, adabiyotshunos, ijodkor O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Zulfiya Mo’minova ham о‘zining “O‘zbek adabiy tilining jozibadorligi” Shu bilan birga, O‘zbekiston Islom Sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Obid Tangirov “O‘zbek tili borasida Xoji Muinning g‘oyalari” nomli qiziqarli ma’ruzasi bilan konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Konferensiya davomida shuningdek “Tillarni о‘rganish” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik A.S. Xursandov kursantlar о‘zlarining bо‘sh vaqtlarida o‘zbek tilining ahamiyati va o‘zbek tilida ish yuritishda qabul qilingan qoida va tartiblarga rioya qilish lozimligi haqida gapirib о‘tdi. Keyingi ma’rо‘zachi Tillarni о‘rganish kafedrasi dotsenti F.Umarova о‘zining chiqishi bilan o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘rganib borishlik har bir kursant va tinglovchini burchi ekanligini ta’kidlab о‘tdi. Kafedra katta o‘qituvchisi O.Latipov ham sо‘zga chiqib, yosh avlodni ajdodlarga mos avlod bо‘lish kerakligini uqtirib o‘tdi. Ma’ruzachilarning chiqishlaridan sо‘ng universitet kursantlari tomonidan tashkil etilgan badiiy qismda she’rxonlik va sahna kо‘rinishlari joy oldi. Kursantlar о‘zlarining san’atkorlik mahoratlarini yig‘ilganlarga namoyish etishdi. Konferensiya universitetimiz kursantlari hamda yig‘ilgan barcha ishtirokchilarda juda katta taassurot qoldirdi.