"Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

"Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Magistraturasi, Xizmat faoliyatini tarbiyaviy va psixologik ta’minlash hamda Ma’naviy ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedralari hamkorligida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi O‘quv-metodika va harbiy vatanparvarlik bo‘limi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning qizlari, shoira Yusupova Nozima Muhammad Yusuf qizi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Ramazonova Munira G‘ulomjonovna hamda magistratura tinglovchilari va universitet kursantlari ishtirok etdi. Tadbirda Ona tilimizni hurmat qilish hamda uni kelajak avlodga sof holda yetkazish to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yetkazildi. Tinglovchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. So‘zga chiqqan yozuvchilar uyushmasi a’zolari va magistratura tinglovchilari ona tilimizda yozilgan o‘z ijodidagi sherlar hamda o‘zbek adabiyotining nodir durdonalaridan namunalar keltirib o‘tdilar.

577
Chop etish
Text to speech