Til - millat koʼzgusi

Til - millat koʼzgusi

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani 15-umumiy oʼrta taʼlim maktabi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejasiga muvofiq joriy yilning 17 oktyabr kuni “21 oktyabr - Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Til - millat koʼzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼquvchi-yoshlarga oʼzbek tiliga davlat tili moqomini berilishining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hamda taʼlimiy va tarbiyaviy ahamiyati tushuntirib berildi. Tadbir davomida “Oʼzbek tilining taraqqiyot bosqichlari: Qadimgi turkiy adabiy tili, Eski oʼzbek adabiy tili, Hozirgi oʼzbek adabiy tili” mavzulari keng yoritildi. Interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan kichik maʼruza, savol-javob hamda tarixiy qiziqarli voqealar bayoni oʼquvchilarda katta qiziqish uygʼotdi. Tadbir ishtirokchilarning oʼzbek tilini yanada rivojlantirishga oid fikrlari va xulosalari bilan yakunlandi. Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi Olmazor tumanidagi 15 va 234-umumiy oʼrta taʼlim maktablari bilan anʼanaviy hamkorlikni davom ettirib mazkur oʼquv yilida ham “Yosh psixologlar” toʼgaragi oʼz faoliyatini davom ettirmoqda. Unda kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan haftaning belgilangan kunlarida reja asosida muntazam ravishda psixologik treninglar tashkil etib kelinmoqda.

581
Chop etish
Text to speech